"MUAZZAM TUYG'ULAR" TAQDIMOTI

Yaqinda Navoiy shahridagi 11-AFCHO'IMda "Xalq ta'limi a'lochisi", 1-darajali "Мehnat faxriysi" ko'krak nishoni sohibi, sohirqalb egasi, so'zdagi jozibani qalbga singdira olgan shoir Bobonor Nortojiyevning Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag'ishlab chop etilgan "Muazzam tuyg'ular" nomli she'riy to'plami taqdimot kechasi bo'lib o'tdi.  Kechada Navoiy viloyat Xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Umid To'xtayev so'zga chiqib, shoirning 40 yillik ta'lim sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda qo'shgan munosib hissasi haqida so'zladi, shoir ijodiga befarq emasligini alohida ta'kidladi. Shoirning ijodidan namunalar aytilib, qo'shiqlar ijro etildi. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi badiiy kengashi a'zosi, shoir Doston Mavlonov muallif haqida, uning ijodi haqida to'xtalib, iliq fikrlar bildirib o'tdi. "Muazzam tuyg'ular" kitobida o'rin olgan she'rlarni maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Iroda Rustamova badiiy tahlil qildi. Kitob taqdimoti ko'tarinki kayfiyatda o'tdi.


 

 

"MUAZZAM TUYG'ULAR" TAQDIMOTI



Сўровнома
Ёзувчилар уюшмаси Навоий вилояти бўлими фаолияти билан танишмисиз?
Мақолалар архиви
Фотолавҳалар
  • Иш тартиби
  • Обуна
Ўзбекистон Республикаси, Навоий вилояти, Навоий шаҳри, Ислом Каримов кўчаси, “Нуронийлар маскани”.
Почта индекси: 210100
Иш вақти: 09:00 - 18:00
Тушлик вақти: 13:00 - 14:00
Дам олиш куни: Шанба, Якшанба.
Алоқа рақами: 95-603-28-56
E-mail: navoiyijodkorlari@mail.ru
Веб-сайтни юритиш бўйича масъул: Тўйқулов Бекзод

Веб-сайт янгиликларидан бохабар бўлиб туришингиз учун қуйида кўрсатилган қаторга электрон манзилингизни киритинг ва обунани электрон манзилингизга юборилган хатдаги ҳавола орқали тасдиқланг:

Фойдали ҳаволалар