"ЗОМИН" ТААССУРОТЛАРИ

Zomin! Go'zal tabiat mo'jizasi!Bir necha yillar menga armon bo'lgan oshiyon! Avtobus oynasidan goh oldinga, goh ortimga, gohida o'ngu-so'limga qarayman. Biri ikkinchisining yelkasidan qiyo boqib turgan sarbaland tog'lar. Osmonlarga bo'ylagan tog'larga tirmashib olgan archalar go'yoki meni o'zi tomon chorlardi. Avtobusdan tusharkanman ko'nglimda o'zgacha bir zavq tug'yon urdi.

Quyosh tog'lar ortiga bekinayotgan mahal ustoz Sirojiddin Sayyiddan bir so'z yangradi: "shoir Abdulla Oripov "Zomin" so'zi "omin" so'zidan olingandir" deganlarida qo'llarim bir-birini ko'rishga oshiqib qarsak chalishga shaylandi. Ustoz shoirlar-u, ulg'ayib kelayotgan shoir-u shoira do'stlarimizning ash'orlari, diltortar kuy-qo'shiqlar, sharqiroq soylarning shoshqaloq suvlari shildirashi kechaga o'zgacha tarovat, zavq ulashardi. Ertasi saharlab yomg'ir tomchiladi. Bu men va men kabi tengdoshlarimning quvonch ko'z yoshlari edi. Nega deysizmi? Negaki, qachonlardir Hamid Olimjon, Zulfiya, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Halima Xudoyberdiyeva, Azim Suyun, Anvar Obidjon, Abduvali Qutbiddin va boshqa qanchadan-qancha ustoz ijodkorlarning qadami yetgan oshiyondamiz!
Bugungi o'zbek adabiyotining zabardast vakillaridan olgan ham ijodiy ham hayotiy tavsiyalarim, saboqlarim esa umrim so'nggigacha o'chmas mayoq yanglig' xotirimda saqlanadi. To'rt kun davom etgan "Zomin qaldirg'ochlari" seminarining so'nggi kuni ham o'zgacha shodlantirdi. Negaki, ijod mashaqqatini ro'yi rost his qilib ko'rmagan, endigina tetapoya qadam tashlab kelayotgan yosh qalamkashlarga bunchalik e'tibor qay zamonda, qay makonda bo'lgan deysiz.
So'zim yakunida, avvalo Zomin seminarining tashabbuskori bo'lgan Muhtaram Yurtboshimizga, barcha yelib-yugurib xizmat qilgan Yozuvchilar Uyushmasi xodimlariga, ustoz shoir va adiblarimizga, hamkor tashkilotlarga hamda bizni farzandidek ardoqlagan Zomin tog'lariga rahmat deb qolaman!


Nurali Hoshimov

Zomin seminari ishtirokchisi

МАВЗУГА ОИД ЎХШАШ МАҚОЛАЛАР:

Сўровнома
Ёзувчилар уюшмаси Навоий вилояти бўлими фаолияти билан танишмисиз?
Мақолалар архиви
Фотолавҳалар
  • Иш тартиби
  • Обуна
Ўзбекистон Республикаси, Навоий вилояти, Навоий шаҳри, Ислом Каримов кўчаси, “Нуронийлар маскани”.
Почта индекси: 210100
Иш вақти: 09:00 - 18:00
Тушлик вақти: 13:00 - 14:00
Дам олиш куни: Шанба, Якшанба.
Алоқа рақами: 95-603-28-56
E-mail: navoiyijodkorlari@mail.ru
Веб-сайтни юритиш бўйича масъул: Тўйқулов Бекзод

Веб-сайт янгиликларидан бохабар бўлиб туришингиз учун қуйида кўрсатилган қаторга электрон манзилингизни киритинг ва обунани электрон манзилингизга юборилган хатдаги ҳавола орқали тасдиқланг:

Фойдали ҳаволалар