"ZOMIN QALDIRG'OCHLARI" PARVOZGA SHAY

Ilk marotaba "Zomin" seminari haqida 7-sinf vaqtim eshitgandim,adashmasam.O'sha vaqtdan beri ich-ichimdan ushbu seminarga borishni orzu qilardim.
2017-yil "Zomin" seminariga borganlarning zavq- shavqqa to'lgan ushbu seminar haqidagi fikrlarini,suratlarini ko'rib orzu kuchli xohishga aylana boshladi.Nima qilsam men ham ushbu seminarda qatnashaman degan o'y xayolimdan ketmadi.
2020-yil farzandli bo'ldim.Seminarda ishtirok eta olmadim va bir yaxshilik ikkinchi yaxshilikni yetaklab kelibdi.Seminar onlayn bo'libdi.
Va nihoyat 2021-yil Men ushbu seminar ishtirokchisiga aylandim!!! Aslida seminar haqidagi o'ylarim dengizdan bir tomchi bo'lgan ekan. Haqiqiy ilhom, haqiqiy ijodiy muhitni, ijodkorlarga cheksiz e'tiborni ko'rdim bu yerda.Ustozlar sabog'i,mehrga yo'g'rilgan mushoiralar, yangi-yangi do'stlar,tabiat bag'ridagi go'zal kunlar,sovg'alar- bari-bari hech qachon yodimdan chiqmasa kerak!
O'tgan to'rt kun to'rt asrlik bitmas-tuganmas ilhom manbai bo'ldi.Bolalar adabiyotida ijod qilganim bois, ajoyib mavzudagi she'rlarim Zomin tog' bag'irlarida yozildi.Quyida ulardan birini keltirib o'taman:

"ENG OG'IR ISH"

Xizmatdaman tun-u kun,
Ishim mening og'irdir.
Nafas ololmam erkin,
Tanam zirqirar zir-zir

Tezroq kelgin,ey bahor,
Rosa bo'ldim intizor.
Uyquchi,dangasadan
Mening ko'p-ko'p arzim bor.

Xullas,ko'p imillama,
Dardlarimning yozig'i.
Tin olay biroz -debdi
Ayiqvoyning yostig'i.

Ushbu seminardan o'z oldimga buyuk maqsadni o'zbek bolalar adabiyotini yuksak cho'qqilarga olib chiqishni,jahonga tanitishni maqsad qilib qaytdim. Nima bo'lganda ham menga bildirilgan ishonchni oqlashim lozim!
O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga o'z minnatdorchiligimni bildiraman! Mening salkam 10 yillik orzuim ushaldi !
 
Charos Rahimqulova,
Navoiy viloyati "Zomin'' seminari ishtirokchisi


Сўровнома
Ёзувчилар уюшмаси Навоий вилояти бўлими веб-сайтини қандай баҳолайсиз?
Мақолалар архиви
Фотолавҳалар
  • Иш тартиби
  • Обуна
Ўзбекистон Республикаси, Навоий вилояти, Навоий шаҳри, Ислом Каримов кўчаси, “Нуронийлар маскани”.
Почта индекси: 210100
Иш вақти: 09:00 - 18:00
Тушлик вақти: 13:00 - 14:00
Дам олиш куни: Шанба, Якшанба.
Алоқа рақами: 95-603-28-56
E-mail: navoiyijodkorlari@mail.ru
Веб-сайтни юритиш бўйича масъул: Тўйқулов Бекзод

Веб-сайт янгиликларидан бохабар бўлиб туришингиз учун қуйида кўрсатилган қаторга электрон манзилингизни киритинг ва обунани электрон манзилингизга юборилган хатдаги ҳавола орқали тасдиқланг:

Фойдали ҳаволалар